Hindistonning Uttarakxand shtatida avtobus bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 17 nafari jarohat oldi. Bu haqda The Times of India axborotiga tayanib, Polit.ru xabar bermoqda.
Nashrda qayd etilishicha, yo‘lovchi avtobus haydovchisi boshqa bir transport vositasini quvib o‘tishni boshlaganida, ko‘prikka urilib, jarga qulagan. Mahalliy politsiyachilar bir necha kishining darada oquvchi daryoga cho‘kib ketganini ma’lum qildi.
Hindiston hukumati halok bo‘lganlar oila a’zolariga 100 ming rupiy (taxminan 1650 AQSh dollari), jarohat olganlarga esa 50 ming rupiy (820 dollar atrofida) tovon puli ajratadi.
Izoh (0)