Shu kunlarda tennis bo‘yicha Devis Kubogida jahon guruhi pley-off bahslari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaning Pert shahridagi “Kotteslo” tennis klubida mehmon bo‘lmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Kecha O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Avstraliyaning ikkinchi raketkasi Nik Kirgiosga 4:6, 5:7, 4:6, ikkinchi raqamli tennischi Farrux Do‘stov esa Yashil qit’aning birinchi raketkasi Lleyton Xyuittga 4:6, 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi juftliklar bahsida ham avstraliyalik tennischilarga yutqazib qo‘ydi. Istomin va Do‘stov tandemi Lleyton Xyuitt hamda Kris Guchchione hamkorligiga 3:6, 6:7(5), 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, ertangi saralashdagi ikki o‘yin shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladi va unda bosh murabbiy Pyotr Lebed bemalol Temur Ismoilov va Sanjar Fayziyevni sinovdan o‘tkazib olishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)