O‘zbekiston 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2016-yilgi Osiyo chempionatini o‘tkazishga ariza topshirdi. Bu haqda O‘FF rasmiy tvitteriga asoslanib Uff.uz xabar qilmoqda.
OFK Terma jamoalar musobaqalari bo‘limi boshlig‘i Goko Suminori, OAV va aloqalar bo‘limi boshlig‘i Chetan Kulkarni O‘zbekistonga tashrif buyurib, bu yerdagi stadionlar bilan tanishadi.
U-22 Osiyo chempionati Toshkentdagi quyidagi stadionlarda o‘tkazilishi mumkin:
- “Bunyodkor” stadioni;
- “Jar” stadioni;
- “Paxtakor” stadioni;
- Transport muhandislari instituti stadioni.
Izoh (0)