Rossiyaning Yakutsk shahrida talabalar o‘rtasida VI jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Dunyoning 14 davlati vakillari ishtirokida o‘tayotgan mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchi talabalar ham g‘oliblik uchun bahs yuritmoqda, deb xabar berdi Stadion.uz.
15-sentabrga qadar o‘tkaziladigan mazkur jahon chempionatida 17 yoshdan kichik va 28 yoshdan katta bo‘lmagan charm qo‘lqop ustalari 10 vazn toifasida kurash olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan quyidagi sportchilar o‘rin egallagan: Mirzaxmedov Nodirjon (-49 kg), Hurboyev Zohidjon (-56 kg), Umurzoqov Ravshanbek (-60 kg), Giyasov Shaxram (-64 kg), Haqberdiyev Ulug‘bek (-75 kg), Ibragimov Otabek (-81kg) va Hasanov Mirzobek (-91 kg) o‘rin egallagan.
Murabbiylar: Rustam Saidov va Nuradin Atakov.
Izoh (0)