Poytaxtdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tkazilayotgan Tashkent Open — 2014 xalqaro turnirining yakkalik bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nigina Abduraimova yarim finalga chiqdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Bugun bo‘lib o‘tgan chorak finalda Nigina jamoadosh dugonasi Oqgul Omonmurodova bilan bahs yuritib, ikki set yakunlari bo‘yicha 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Endi Nigina Abduraimova yarim finalda Ursula Radvanskaya (Polsha) — Boyana Yovanovski (Serbiya) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Izoh (0)