GM Uzbekistan YoAJ QK 2014-yilning yanvar—avgust oylarida Rossiyaga avtomobil sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib UzDaily xabar berdi.
Sakkiz oy davomida Rossiyaga jami 29,303 mingta mashina sotilgan, biroq aynan qaysi modellar qanday hajmda sotilgani haqida ma’lumot taqdim etilmadi.
Avgustda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 55 foizga kamayib, 2,443 ming donagacha tushib ketdi.
2014-yilning yanvar—avgustida GM Uzbekistan YoAJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,9 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2 foizga teng bo‘lgan.
2014-yilning sakkiz oyi yakunlari bo‘yicha GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 18-o‘rinni egalladi. Korxonaning hech qaysi modeli hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi
Izoh (0)