UEFA tashkiloti Chempionlar ligasi musobaqasidan tushadigan daromadni 30 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Hozirda ushbu musobaqadan kelayotgan foyda yiliga 1,34 milliard yevroni tashkil qiladi. 2015—2018-yillar orasida ushbu ko‘rsatkich 1,7 milliard yevroga chiqishi kutilmoqda, deb xabar berdi Uff.uz.
Daromad manbai sifatida, asosan, homiylik mablag‘laridan keladigan foydalar ko‘zda tutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bir qator dunyoning mashhur kompaniyalari ancha yillardan beri ushbu musobaqaga homiylik qilib keladi.
Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar muhokamasi Yevropa klublar assotsiatsiyasi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)