KXDR shanba kuni Yapon dengiziga qarata qisqa masofali uchta ballistik raketani uchirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab rahbarlari qo‘mitasining vakili taqdim etgan ma’lumotga tayanib, “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Raketalar mahalliy vaqt bo‘yicha soat 07:00—07:30 oralig‘ida Vonsan shahridan sharqda joylashgan hududdan uchirilgan bo‘lib, 210 kilometr atrofidagi masofaga parvoz qilgan.
Janubiy Koreya harbiy mutaxassislari ayni damda uchirilgan sinov raketalarining turi va sababini aniqlash jarayonida bo‘lishiga qaramay, Seul Pxenyan raketalarning yangi turini sinovdan o‘tkazmoqda, deb taxmin qilyapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya tomonidan 19-bor uchirilgan shanba kungi raketalarni ham qo‘shib hisoblaganda, 2014-yilda jami 111 ta raketa uchirilgan.
Izoh (0)