Malayziya Bosh vaziri Najib Tun Razzoq hukumatning “Boing-777” samolyotining Ukrainadagi aviahalokatiga doir “anchagina ishonchli” ma’lumotlarga ega ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv ishlarini davom ettirish uchun qish kelgunga qadar halokat sodir bo‘lgan joyga borish zarur. Uning aytishicha, qolgan qurbonlar va halokat dalillarini to‘plashga bir necha hafta kerak bo‘ladi.
Shuningdek, Najib Tun Razzoq o‘z nutqida Malayziya hukumati voqeaga sababchi bo‘lgan aybdorlarni javobgarlikka tortmoqchi ekanligini ta’kidladi.
Avvalroq Gollandiya Xavfsizlik kengashi aviahalokat yuzasidan olib borilgan tekshiruv-qidiruvning taxminiy natijalari 2014-yil 9-sentabr kuni e’lon qilinishini ma’lum qilgan edi. Kengash layner qulashi bilan bog‘liq yakuniy bayonotni halokat sanasidan boshlab hisoblaganda, bir yil ichida chop etishni mo‘ljallamoqda.
Izoh (0)