1-sentabr kuni tunda Rossiya Premyer ligasida ham yozgi transfer bozori yopildi. Rossiya jamoalari bu safar jami hisobda transferlar uchun 73 million yevro sarfladi. Bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan to‘rt baravar kam deganidir, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
“Sport-Ekspress” nashri Rossiya Premyer ligasining eng yaxshi beshta transferi reytingini tuzib chiqdi. E’tiborli tomoni, Odil Ahmedovning “Anji”dan “Krasnodar”ga o‘tishi yozgi “bozor”ning eng yaxshi beshta transferlaridan biri deb topildi.
“Odil Ahmedov.Qayerga: ‘Krasnodar’.Qayerdan: ‘Anji’.Fuqaroligi: O‘zbekiston.Yoshi: 26.Amplua: universal yarim himoyachi.Transfer qiymati (yevro): 6 000 000.
Odil Ahmedov — Rossiya chempionatining yetarlicha baholanmagan futbolchilaridan biri. ‘Krasnodar’ ushbu futbolchiga e’tibor qaratib, adashmadi. Odilning ustunligi uning universalligidadir. U buzishda ham, yaratishda ham birdek samarali harakat qila oladi. Shuningdek, uning olis masofadan kuchli zarba yo‘llay olishi yangi jamoasiga foyda keltirishi mumkin”, — deb yozdi “Sport-Ekspress”.
Izoh (0)