Ramzan Qodirov Bilimlar kunida “Grozniy” nomli Checheniston davlat teleradiokanali efirida o‘zini telejurnalist sifatida sinab ko‘rdi. Bu haqda “Obshchestvennoye televideniye Rossii” xabar bermoqda.
Kanal muxbiri Yasmina Gatsayevadan intervyu olgan Checheniston rahbari o‘z taassurotlari bilan Instagram’da bo‘lishdi. “Men ham qizardim, ham rangim o‘chib ketdi. Jiddiy qiyofaga kirishga harakat qildim. Eplay olmadim, deb o‘ylagandim, bunday emas ekan. Suratga olingan videoni televideniye rahbariyati va muxbirlaridan iborat tarkib ko‘rib chiqib, intervyuning professional, hozirgi kun uchun ahamiyatli va qiziqarli chiqqani haqida yoqimli xulosa qildi. Umuman olganda, a’lo baho berdi!” — deb yozdi Ramzan Qodirov.
Keyinroq bu Checheniston davlat teleradiokanali muxbirining hazili bo‘lib chiqdi. 1-sentabr Yasminaning tug‘ilgan kuni bo‘lib, Ramzan Qodirov olgan intervyu muxbirning o‘ziga sovg‘a bo‘lgan. “Ha, men avvallari sovg‘a berardim, lekin bunday tuhfa qilganimni eslay olmayman. Menga Yasminaning topqirligi juda yoqdi. Men bizning televideniyemizda shunday aqlli, kamtar va ishonuvchan qizlar ishlashidan xursandman”, — deya, Qodirov muxbirga chiroyli atirgullar buketini sovg‘a qilganini ma’lum qildi.
Izoh (0)