Misrda “Musulmon birodarlar” harakatining yetakchisi Muhammad Badiyga berilgan o‘lim jazosi sud tomonidan butun umrga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirildi. Bu haqda BBC’ning shanba kungi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Badiy kamida to‘qqiz kishini o‘ldirganlik va 2013-yil Gizada 21 nafar namoyishchiga jabr yetkazgan zo‘ravonlikni amalga oshirganlikda ayblanmoqda.
“Musulmon birodarlar” tashkiloti yetakchisidan tashqari, yana yetti nafar jinoyatchiga belgilangan o‘lim jazosi bir umrlik qamoq jazosiga o‘zgartirildi. Bundan tashqari, olti kishi sirtdan o‘lim jazosiga mahkum qilindi.
BBC’ning ma’lum qilishicha, sudning mazkur hukmi kuzatuvchilar uchun kutilmagan qaror bo‘ldi. Bundan avvalroq, Badiy ishini ko‘rib chiqqan sudyalar iyun oyida terrorchiga o‘lim jazosi belgilagan edi. Mazkur sud hukmi xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin tanqid qilinishiga qaramay, bu safar ham o‘lim jazosi tasdiqlanishi kutilgan edi.
Izoh (0)