28-avgust kuni Kiyevda Rossiyaning Ukrainadagi elchixonasi xodimlari qo‘lga olingan. Bu haqda 29-avgust kuni RF Tashqi ishlar vazirligida xabar berildi, deb qayd etdi Korrespondent.net.
Xabarga ko‘ra, diplomatlarni qo‘lga olish uchun keltirilgan bahona “mutlaq uydirma” bo‘lib, Moskva Ukrainadan ularning zudlik bilan ozod etilishi va bundan keyin diplomatik immunitet to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga zid xatti-harakatga yo‘l qo‘yilmasligini talab qilmoqda. “Ukrainadagi Rossiya diplomatik idoralari va bizning diplomatik xodimlarimizga nisbatan olib borilayotgan ig‘voni to‘xtatishni talab qilamiz”, — deyiladi Rossiya diplomatik muassasasi axborotida.
Ma’lum qilinishicha, 28-avgust kuni Kiyevda “RF elchixonasining qo‘riqlash xizmati xodimlari, xususan, elchining shaxsiy qo‘riqchisiga qarshi navbatdagi g‘azabantiradigan aksiya amalga oshirilgan. Ular diplomatik hujjatlarini taqdim etishlariga qaramay, kafedan chiqaverishda granata topildi degan to‘qib chiqarilgani ayon bahona bilan qo‘lga olingan”.
Hozirga qadar Ukraina tomondan bu ayblovlarga rasman izoh berilmadi.
Izoh (0)