Yevropa Ligasining guruh bosqichiga bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimidan keyin Odil Ahmedov “Krasnodar” o‘rin olgan guruh haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
“‘Krasnodar’ turnir debyutanti bo‘lsa-da, pley-off bosqichida nimalarga qodirligini ko‘rsata oldi. Jamoamizda tajribali futbolchilar yig‘ilgan. Biz musobaqaning eng kuchli guruhiga tushdik. Bu guruhdagi barcha jamoalar keyingi bosqichga chiqish uchun birdek imkoniyatga ega”, — deydi Odil Ahmedov.
U, shuningdek, Angliya va Germaniya jamoalarining har biri musobaqaga kuchli etibor berishini aytib otdi: “Kuchli beshlik ishtirokchilariga qarshi hamma o‘yin qiziqarli bo‘ladi. Ayniqsa, ‘Everton’ bilan o‘yin qiziq bo‘lsa kerak. Samuel Eto’O bilan yana birga maydonga tushishimdan xursandman. Endi maydonda raqibmiz, bu qiziq bo‘lsa kerak”.
Izoh (0)