Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichiga tashlangan qur’a natijalari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Unga ko‘ra, Madridning “Real” klubi Angliyaning “Liverpul” jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin egalladi. “E” guruhi esa “o‘lim guruhi” nomini oldi. Mazkur guruhdan “Bavariya”, “Manchester Siti”, “Roma” va “SSKA” o‘rin oldi.
“Barselona” esa “F” guruhida “PSJ”, “Ayaks” va “APOEL” bilan bahlashadigan bo‘ldi.
Qur’a natijalari:
- “A” guruhi: “Atletiko”, “Yuventus”, “Olimpiakos”, “Malme”;
- “B” guruhi: “Real Madrid”, “Bazel”, “Liverpul”, “Ludogorets”;
- “C” guruhi: “Benfika”, “Zenit”, “Bayer”, “Monako”;
- “D” guruhi: “Arsenal”, “Borussiya D”, “Galatasaroy”, “Anderlext”;
- “E” guruhi: “Bavariya”, “Manchester Siti”, “SSKA”, “Roma”;
- “F” guruhi: “Barselona”, “PSJ”, “Ayaks”, “APOEL”;
- “G” guruhi: “Chelsi”, “Shalke”, “Sporting”, “Maribor”;
- “H” guruhi: “Portu”, “Shaxtyor”, “Atletik”, “BATE”.
Izoh (0)