Twitter mikrobloglar tarmog‘i foydalanuvchilar uchun tvitlari haqidagi ma’lumotlarni bilish imkoniyatini yaratdi. Bu haqda Mashable blogi ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu funksiya tasdiqlangan akkaunt egalari va marketing bilan shug‘ullanuvchilar uchun yaratilgan edi. Endilikda bu funksiya barcha foydalanuvchilar uchun ochiq deb e’lon qilindi va foydalanuvchilar tvitlari haqidagi ma’lumotlarni analytics.twitter.com manzili orqali olishlari mumkin.
Twitter Analytics foydalanuvchiga tvitlari necha marotaba ko‘rilgani, nechta Favorite to‘plagani, qancha retvitlangani va unga javob berilgani hamda foydalanuvchining profilini necha kishi ko‘rgani haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ushbu ma’lumotlarni ko‘rish uchun Twitter’dagi profilingiz ro‘yxatdan o‘tganiga kamida 14 kun bo‘lishi, o‘chirilmagan, taqiqlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lmasligi kerak.
Izoh (0)