O‘zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Vitaliy Denisov ham so‘nggi paytlar ijtimoiy tarmoqda katta shov-shuvga aylangan xayriya onlayn-fleshmobida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Darakchi.uz.
Moskvaning “Lokomotiv” klubi futbolchisi Ice Bucket Challenge aksiyasi doirasida ustidan muzdek suv quyilgan videotasvirni Instagram’dagi sahifasiga joyladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiyaga ko‘ra, mashhur insonlar o‘z ustidan muzdek suv quyib, do‘stlariga shunday qilishni yoki xayriya jamg‘armasiga pul o‘tkazishni taklif qilishi lozim. Hozirga qadar Facebook asoschisi Mark Sukerberg, Microsoft asoschisi Bill Geyts hamda Apple kompaniyasining rahbari Tim Kuk, futbolchilardan Ronaldu va Dani Alves kabilarning tadbir ishtirokchilariga aylanganini ma’lum qilgan edik.
Xayriyadan tushadigan mablag‘ amiotrofik skleroz — Lu Gerig kasalligiga chalinganlarga sarflanadi. Bu kasallik odamning bosh miya tizimiga ta’sir qilib, keyinchalik falajlikka olib kelishi mumkin.
Izoh (0)