3-sentabr kuni taqdim etilishi kutilayotgan Sony Xperia Z3 smartfonining yangi suratlari paydo bo‘ldi. Ularga ko‘ra, uning batareyasini almashtirib bo‘lmaydi, deya xabar beradi Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri.
Suratlardan ko‘rinishicha, yangi smartfonning Xitoy uchun mo‘ljallangan ikki SIM-kartali turi tasvirga olingan. Shuningdek, Xperia Z3 smartfoni Xperia Z2’dan ingichkaroq bo‘lishi mumkin. Biroq uning xususiyatlari Xperia Z2’dan katta farq qilmaydi.
Unda 5,2 dyuymli displey, 2,5 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 801 protsessori, 3 Gb tezkor xotira, 20,7 megapikselli kamera, 3100 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatiladi. Xperia Z3 ham Z1 va Z2 kabi suv o‘tkazmaydigan qilib chiqariladi. Suv o‘tkazmaslik borasida olti hafta suv ostida qolib ketgan va hali ham ishlayotgan Xperia Z2 smartfoni katta hurmatga ega :)
3-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Sony tadbirida Xperia Z3’dan tashqari Xperia Z3 Compact smartfoni va yangi Xperia Z3 plansheti ham taqdim etilishi mumkin. Yangi Sony Xperia Z3 smartfonining boshqa suratlarini ushbu fotojamlanmada tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)