Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-prisining so‘nggi bosqichi davom etmoqda. Kecha o‘tkazilgan ikkinchi tur uchrashuvida Nafisa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi “Olamsport”.
Qora donalarda hindistonlik Xarika Dronavalli bilan hisob-kitob qilgan Mo‘minova ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini tan oldi. Ikkinchi turdan so‘ng, Dronavallida ikki g‘alaba, Mo‘minovada esa, aksincha, ikki mag‘lubiyat bor.
Eslatib o‘tamiz, dunyoning kuchli 12 nafar grossmeysteri o‘zaro dona surayotgan musobaqaning ilk turida O‘zbekistondagi yagona ayol grossmeyster Nafisa Mo‘minova xitoylik Xou Ifanga imkoniyatni boy bergan edi.
Izoh (0)