Xalqaro valyuta fondi (XVF)ning tasarrufchi rahbari Kristin Lagardga Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ayblov qo‘yildi. Bu haqda France-Presse agentligiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
XVF rahbari esa o‘z lavozimidan iste’foga chiqmasligini aytib, chorshanbaning ikkinchi yarmida Vashingtonga qaytishini ma’lum qildi.
Seshanba kuni Lagard sobiq mansabdor shaxslarning hukumat vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘ygan huquqbuzarliklarini ko‘rib chiquvchi Fransiya Respublika sudi bergan barcha savollarga javob berdi. 15 soatdan ko‘proq davom etgan tergov natijasiga ko‘ra, XVF avvalroq Fransiyada iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Lagardga “jinoiy e’tiborsizlik” ayblovini qo‘ydi.
“Komissiya uch yillik qidiruv-surishtiruv ishlari, o‘nlab soat davom etgan tergovdan so‘ng, hech bir qonunbuzarlikka daxldor emasligimni aniqlab, meni er-xotin Tapilar kompaniyasi yopilishida yetarli darajada e’tiborli bo‘lmagan, degan qarorga keldi”, — deydi Kristin Lagard.
Izoh (0)