O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-avgustdagi Farmoni bilan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari faxriy unvonlar bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda katta xizmat qilgan, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etganlarga quyidagi faxriy unvonlar berildi:
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”.
- “El-yurt hurmati” ordeni bilan;
- “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan;
- “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
- “Do‘stlik” ordeni bilan;
- “Shuhrat” medali bilan (100 yoshdan oshganlar);
- “Jasorat” medali bilan;
- “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan;
- “Shuhrat” medali bilan.
Izoh (0)