Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan II o‘smirlar yozgi olimpiada o‘yinlarida 25-avgust kuni sportning 11 turida bahslar o‘tkazilib, shundan oltitasida medallar o‘ynaladi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston sportchilari yunon-rum kurashi hamda boks bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda medallar uchun kurash olib boradi.
Jumladan, boks bo‘yicha vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida bronza medal uchun kechadigan bahsda Kozimbek Mardonov xorvatiyalik Luka Plantichga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda esa ikki nafar o‘zbekistonlik — Ilxom Bahromov (-50 kg) hamda Abubakr Alimov (-69 kg) g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Hozircha har ikki sportchining saralash bosqichidagi dastlabki raqiblari ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, 24-avgustdagi musobaqalarning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sportchilari hisobida yettita medal mavjud:
Oltin — Suhrob Tursunov (dzyudo, jamoaviy)Oltin — Vladimir Svechnikov (o‘q otish, mikst)
Kumush — Umida Abdullayeva (taekvondo)Kumush — Farhodbek Sobirov (og‘ir atletika)
Bronza — Suhrob Tursunov (dzyudo)Bronza — Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika)Bronza — Timur Qodirov (sport gimnastikasi).
Izoh (0)