Bugun BAAning Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-prisining so‘nggi bosqichi boshlanadi. Unda 12 nafar grossmeyster o‘zaro dona suradi. Ular orasida O‘zbekistondagi yagona ayol grossmeyster — Nafisa Mo‘minova ham bor, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Kecha Sharjada matbuot anjumani hamda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’aga ko‘ra, Nafisa Mo‘minova ilk turda oq donalarda sobiq jahon chempioni xitoylik Xou Ifan bilan bahs yuritadi.
Aslida FIDE Gran-prisining ushbu bosqichi bir muddat avval Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilishi kerak edi.
FIDE Gran-prisi, so‘nggi bosqich, birinchi tur:
Ju Chen (Xitoy) 2461 — Jao Ksyu (Xitoy) 2508
Ju Venjun (Xitoy) 2559 — Anna Ushenina (Ukraina) 2487
Elina Danielyan (Armaniston) 2490 — Tatyana Kosinseva (Rossiya) 2494
Tuvshintugs Batchimeg (Mo‘g‘uliston) 2346 — Xampi Koneru (Hindiston) 2598
Alina L'ami (Ruminiya) 2446 — Xarika Dronаvalli (Hindiston) 2521
Nafisa Mo‘minova (O‘zbekiston) 2315 — Xou Ifan (Xitoy) 2661
Izoh (0)