Ispaniya fuqarolik gvardiyasi xodimlari Ispaniya qirg‘oqbo‘yida dam olayotgan Marokash qiroli Muhammad VI ni jinoyatchiga chiqardi. Bu haqda El Mundo nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 7-avgust kuni Ispaniyaning yarim anklavi bo‘lgan Seuta shahrida sodir bo‘ldi. Bu yerda Marokash qiroli yozgi ta’tilni o‘tkazayotgan bo‘lgan. Qirol mulozimlari bilan dam olayotgan ikkita kater va uchta gidrotsikl (suv mototsikli)ni ko‘rgan fuqarolik gvardiyasi xodimlari tekshiruv o‘tkazishga qaror qiladi. Ular dam oluvchilardan o‘zlarini tanishtirish va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rsatishni so‘radi. Bu esa qirolni g‘azablantirdi.
Nashrda qayd etilishicha, mintaqada uchrayotgan qul va giyohvand modda savdosi mazkur tekshiruvni o‘tkazishga sabab bo‘lgan. Ispaniya shaharlarida istiqomat qiluvchi afrikalik muhojirlar so‘nggi vaqtlarda narkotik modda va odam savdosida tezsuzar motorli qayiqlardan foydalanmoqda.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, qirol Muhammad VI Ispaniya qiroli Filipp VI ga qo‘ng‘iroq qildi. Filipp VI esa Ichki ishlar vaziri Xorxe Fernandes Dias bilan bog‘landi. Natijada gvardiyaning mansabdor shaxslari Marokash qiroli huzuriga kelib, uzr so‘radi. Muhammad VI ularga javoban “gvardiyachilar o‘z ishini juda yaxshi bajargani”, biroq “unga keraklicha hurmat ko‘rsatmagani”ni aytdi.
Izoh (0)