22-avgust kuni Termiz shahrining “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlanishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Termiz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mustaqillik yillarida shahar ahlining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xalqimizning tarixiy va ma’naviy merosini asrab-avaylash, yoshlarimizni ulug‘ ajdodlarimizga xos ezgu qadriyatlar, mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23-yilligi munosabati bilan Termiz shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2014-yil 22-avgust
Izoh (0)