Avstraliyaning Sidney shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan Australia Open — 2014 xalqaro turnirida O‘zbekiston sportchilari bittadan oltin, kumush va bronza medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 35 davlat orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medalni Nikita Rafalovich keltirdi. Tajribali sportchi o‘z vazn toifasida dunyoning yetakchi sportchilaridan biri ekanligini amalda yana bir bor isbotladi.
Yana bir o‘zbekistonlik sportchi Dmitriy Shokin finalga qadar kechgan bahslarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, yosh taekvondochi Jasur Boyqo‘ziyev bronza medal bilan taqdirlandi.
Izoh (0)