Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘smir bolani o‘z joniga qasd qilishgacha olib borish holati bo‘yicha jinoyat ishi tergov qilinmoqda, deya xabar berdi Vesti.ru.  16 yoshli yigit derazadan sakrab o‘z hayotiga nuqta qo‘ygan. Tergov o‘spirinning onasi bilan murakkab munosabatlari uni bunday qilishga undaganini ko‘rsatmoqda. Yigitning onasi xonadonida 60 ta mushuk va to‘rtta itni boqqan.

Foto: alteredcats.blogspot.com

Foto: alteredcats.blogspot.com

O‘spirinning balandlikdan qulab tushganlik belgilariga ega jasadi ularning uyi yonidan topilgach, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining “O‘z joniga qasd qilishga majburlash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Unda eng asosiy gumondor marhumning 43 yoshli onasi bo‘ldi.

“Gumonlanuvchi uzoq vaqt davomida o‘g‘lining ehtiyojlari bilan hisoblashmasdan, uni 60 ta mushuk va 4 ta it boqilayotgan, sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda yashashga majbur qilgan”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg Bosh tergov boshqarmasidagilar. Ularning aniqlik kiritishicha, ona va o‘g‘il shu tufayli tez-tez janjallashib turgan. Yigit o‘z joniga qasd qilish haqida bir necha bora ogohlantirgan, biroq ona bunga e’tibor bermagan.

2014-yil 1-avgust kuni esa o‘spirin onasidan yana bir bora uyni tartibga keltirishni so‘ragan. “Ayol bu iltimosni rad etgan, shundan so‘ng bola o‘z joniga qasd qilgan”, — deya ta’kidlashdi tergov boshqarmasidagilar.

Tergovchilar hodisa bilan bog‘liq vaziyatlarni belgilab, gumonlanuvchiga nisbatan ayblov e’lon qilish va jazo tayinlash masalalari ustida ish olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi