Braziliyaning “Palmeyras” klubi ishqibozi San-Paulu shahrining “Korintians” jamoasi muxlislari bilan bo‘lgan mushtlashuvdan so‘ng, shifoxonada vafot etdi, deya xabar beradi Stadion.uz “ITAR-TASS”ga asoslanib.
Yakshanba kuni “Palmeyras” o‘z maydonida “San-Paulu”ga 1:2 hisobida yutqazdi. “Korintians” esa o‘z maydonida “Baiya”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng, San-Paulu vokzali yaqinida bu ikki klub ishqibozlari o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi. Natijada “Palmeyras” ishqibozlaridan biri bosh suyagi jarohati bilan shifoxonaga tushdi va to‘rt kun o‘tib, jon berdi.
“Korintians”ning ikki ishqibozi “Palmeyras” muxlisini kaltaklaganlik gumoni bilan politsiya tomonidan hibsga olingan. Ularga og‘ir jarohat yetkazish ayblovi o‘rniga qotillik ayblovi qo‘yilgan.
Izoh (0)