O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki mijozlari endilikda Rossiyaning “Zolotoya Korona — Denejniye perevodi” (“Oltin toj — Pul o‘tkazmalari”) xizmatidan foydalanishi mumkin. Bu haqda “Zolotaya Korona”ning axborot xizmati xabar bermoqda.
Yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarmog‘i kengaydi. Endi O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab Xalq bankining jami 172 nuqtasidan pul o‘tkazish mumkin.
Xalq banki bo‘linmalarida “Zolotaya Korona” pul o‘tkazmalari AQSh dollarida amalga oshiriladi. Mazkur xizmat orqali Abxaziya, Ozarbayjon, Belarus, Vyetnam, Gretsiya, Gruziya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Mo‘g‘uliston, Nepal, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Ukraina va Chexiyaga pul jo‘natish mumkin.
Pul o‘tkazmalar manzil ko‘rsatilmagan shaklda amalga oshiriladi. O‘tkazmalar statusini perevod-korona.com sayti orqali onlayn kuzatish mumkin.
Izoh (0)