Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan ikkinchi o‘smirlar yozgi olimpiya o‘yinlarining 19-avgust kungi bahslaridan so‘ng, medallar jamg‘arish bo‘yicha hamon mezbonlar peshqadamlik qilmoqda. Xitoy terma jamoasi hisobidagi oltin medallar soni oltitaga yetdi. Shuningdek, mezbonlar bitta kumush va oltita bronza, jami 13 ta medal jamg‘ardi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Keyingi o‘rinlardan joy olgan Rossiya terma jamoasida besh nafar olimpiada chempioni bo‘lsa, Vengriyada bu son to‘rttani tashkil etmoqda.
AQSh, Xitoy Taypeyi, Qozog‘iston, Italiya, Polsha, Avstraliya, Janubiy va Shimoliy Koreya, Braziliya, Vyetnam, Litva, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shveysariya, Eron, jami 23 ta terma jamoa tarkibida ham kamida bir nafardan olimpiada chempioni bor.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ikkita bronza medal bilan 40-o‘ringa pastladi. Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston o‘smirlari medal jamg‘arish bo‘yicha 35-o‘rinni egallab turgan edi.
Izoh (0)