Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Tvitter-akkauntida noma’lum shaxslar uning iste’foga chiqishi haqida xabar berdi. Keyinroq bosh vazir matbot xizmati uning akkauntiga hujum bo‘lganini tasdiqladi, deb yozadi TJournal.
Birinchi tvit Toshkent vaqti bilan 14-avgust 11:12 da paydo bo‘ldi.
Tvitlarning bir qismi keyinroq o‘chirilgan bo‘lsa-da, akkaunt Tvitterning muxolifatchi foydalanuvchilari (masalan, Navalniy shtabining sobiq boshlig‘i Leonid Volkov va jurnalist Roman Dobroxotov)ni retvit qila boshladi.
Medvedevning matbuot xizmatidagilar xakerlik hujumi ro‘y berganini tasdiqladi. “Mikroblogga joylangan so‘nggi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyishdi ular.
12:02 da xakerlar Medvedev nomidan yozgan xabarlarning barchasi o‘chirildi.
Medvedevning matbuot xizmati uzoq vaqt davomida akkauntga kira olmadi. Bloggerlar fikricha, bu Rossiya hukumatini o‘zlarining Tvitterga o‘xshash boshqa mikroblogini ochishga yoki Rossiyada internetni yanada tartibga solishga undashi mumkin.
Izoh (0)