O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari aksilterrorchilik harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalidagi “Axborot” yangiliklar dasturiga tayanib, “Podrobno” ma’lum qildi.
O‘quv mashqlari ikki bosqichdan iborat bo‘ldi. Birinchi bosqich davomida shartli terrorchilar Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatini egallab, uning xodimlarini garovga oldi. O‘z navbatida, “Burgut” va “Qalqon” o‘zbek maxsus bo‘linmalari terrorchilarni zararsizlantirish bo‘yicha operatsiyalarni olib bordi.
Mashqlarning ikkinchi bosqichi davlat chegarasi yaqinida bo‘lib o‘tdi. Ssenariy bo‘yicha jangarilar O‘zbekiston hududiga o‘tmoqchi bo‘ladi, huquq muhofazachilari esa ularni topib, qurolsizlantirishi kerak bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar chog‘ida qo‘yilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Izoh (0)