Yaqindan boshlab Toshkent bozorlari va supermarketlarida piyoz narxi keskin ko‘tarilib ketdi, deb yozadi Podrobno.uz.
“O‘zulgurjisavdoinvest” assotsiatsiyasi vakili ma’lum qilishicha, bunday vaziyat piyozning yangi hosili mavsumi boshlangani bilan bog‘liqdir. “Eski piyozlar kam qolgan, yangi hosil esa yetib kelganicha yo‘q. Shu tufayli piyoz narxi oshib ketgan”, — dedi u.
Assotsiatsiya vakili yangi hosil piyozlari asta-sekin bozorlarga kirib kelayotgani, yaqin kunlarda ular shaharda yetarlicha miqdorda tarqatilishini, natijada narxlar yana pasayishini ta’kidladi.
Izoh (0)