O‘zbekiston 2015-yilda 102,8 million dollarlik bolalar tibbiy markazini qurishni boshlaydi. Bu haqda hukumat qaroriga tayanib, “Noviy vek” xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-yil to‘rtinchi choragida Toshkentda 250 o‘rinli to‘rtinchi darajadagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi qurish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlamoqchi. Loyiha 2015—2016-yillarda amalga oshiriladi. Qurilish to‘liq Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Loyiha shifoxonani qurish va uni yuqori texnologiyali diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash, mutaxassislarni Koreya Respublikasidagi yetakchi klinikalarda o‘qitish, shuningdek yuqori texnologiyali diagnostika va davolash usullari yordamida bolalarni sog‘lomlashtirish uchun sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)