Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Turkiyada Albaniya U-19 yoshlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining rasmiy sayti xabar bermoqda.
12-avgust kuni Toshkentda yig‘inga kirishgan O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ikki kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng yig‘inni davom ettirish uchun 15-avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketadi.
Turkiyadagi yig‘in davomida Ravshan Haydarov shogirdlari 17 va 19-avgust kunlari Albaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishi borasida kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-19 yoshlar shu yilning 9—23-oktabr kunlari Myanma mamlakatida o‘tkaziladigan Osiyo Chempionati bahslarida ishtirok etadi.
Izoh (0)