Norvegiyaning Tromse shahrida yakuniga yetib borayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 9-tur uchrashuvlarida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ketma-ket ikkinchi g‘alabasini tantana qildi. Bir kun avval Avstraliyani mag‘lub etgan terma jamoa a’zolari 11-avgust kuni Finlyandiya termasidan 3,5:0,5 hisobi bilan ustun keldi, deb ma’lum qildi “Olamsport”.
Rustam Qosimjonov birinchi taxtada Tomi Nibak bilan durang o‘ynadi. O‘zbekiston termasining qolgan a’zolari raqiblarini mot qildi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, Rustam Qosimjonov sardorligidagi turnirda 33-raqam ostida saralangan shaxmatchilar 13 ochko bilan 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobida oltita g‘alaba, bir durang va ikki mag‘lubiyat bor. Sakkizinchi pog‘onada borayotgan AQSh terma jamoasi hisobida ham 13 ochko mavjud.
Rustam Qosimjonov — Tomi Nibak 0,5:0,5
Anton Filippov — Mika Karttunen 1:0
Marat Jumayev — Vilka Sipila 1:0
Jahongir Vohidov — Daniel Ebeling 1:0
Izoh (0)