Bugungi kunda planshet yoki smartfonlar bir-biridan farqli hamda yaxshiroq bo‘lishi uchun ishlab chiqaruvchilar juda ko‘plab yangi xususiyatlarni tatbiq etmoqdalar. Shular qatorida ularni suv o‘tkazmas qilib ishlab chiqarish ham rivojlanmoqda. Masalan, Samsung Galaxy S5 va Sony Xperia Z2 qurilmalari suv o‘tkazmaydigan qilib ishlangan.
Phonearena.com sayti mobil qurilmalar suv o‘tkazmas bo‘lishi zarur yoki yo‘qligi borasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.
Natijalarga ko‘ra 1244 nafar (37,07 foiz) ishtirokchi albatta suv o‘tkazmas mobil qurilma sotib olish istagini bildirgan bo‘lsa, 363 nafar (10,82 foiz) ovoz beruvchiga mobil qurilma suv o‘tkazmas bo‘lishi zarur emas. Ovoz beruvchilarning ko‘pchilik qismi – 52,12 foizi mobil qurilmaning suv o‘tkazmas bo‘lishidan ko‘ra boshqa xususiyatlariga ko‘proq e’tibor qaratishi ma’lum bo‘ldi.
Siz smartfoningiz yoki planshetingiz suv o‘tkazmas bo‘lishini istaysizmi?
Izoh (0)