Kecha, 11-avgust kuni Norvegiyaning Tromse shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi, ya’ni FIDE prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov FIDEning bosh assambleyasi doirasida o‘tkazildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Xabar berilganidek, FIDE rahbari bo‘lishga amaldagi tashkilot prezidenti rossiyalik Kirsan Ilyumjinov hamda sobiq jahon chempioni Garri Kasparov da’vogarlik qildi.
Saylovda ishtirok etganlarning 110 nafari Ilyumjinovga ovoz berdi. 61 nafar delegat esa Kasparovning prezident bo‘lishini istagan.
Eslatib o‘tamiz, 52 yashar Ilyumjinov 1995-yildan beri FIDEni boshqarib kelyapti. 2010-yil o‘tkazilgan saylovda u yana bir sobiq jahon chempioni Anatoliy Karpovni ortda qoldirgan edi.
Izoh (0)