Eron O‘zbekistonga yiliga 1 million tonna Eron neftini yangi transport kommunikatsiyalari orqali yetkazib berishni taklif qilmoqda. Bu haqda Eronning O‘zbekistondagi elchisi Ali Mardoniy Fard so‘zlariga tayanib, “Noviy vek” xabar berdi.
“Mos keluvchi transport infratuzilmasi bo‘lgan taqdirda biz O‘zbekiston neftni qayta ishlash sohasi uchun bir million tonnagacha neft yetkazib berishimiz mumkin”, — dedi elchi.
Avgust oyi boshida O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Ummon tashqi ishlar vazirlari “Markaziy Osiyo — Fors ko‘rfazi” transport koridori haqidagi kelishuvning kuchga kirishi bo‘yicha hamjihatlik to‘g‘risida memorandum imzolagan. Ushbu kelishuvning o‘zi 2011-yilda tuzilgan.
Transport-tranzit koridorining bir qismi O‘zbekiston, Turkmaniston va Eronni bog‘lovchi temir yo‘l bo‘ylab, yana bir qismi Eronning Bender Abbos va Chog‘bahor portlaridan Ummon portlarigacha bo‘lgan dengiz yo‘li bo‘ylab o‘tadi.
Izoh (0)