10-avgust, yakshanba kuni Toshkentning Oqqo‘rg‘on (sobiq Novomoskovskiy) ko‘chasidagi to‘rt qavatli turar-joy binosini kuz-qish mavsumiga tayyorlash doirasida bino tomida payvandlash ishlari olib borildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu payvandlash ishlari binoda yong‘in sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyga qisqa vaqtda o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Biroq guvohlarning ta’kidlashicha, o‘t o‘chiruvchi ko‘pik to‘rt qavatli bino tomining kattagina qismini qamrab olgan yong‘inni o‘chirishga yetmay qolgach, boshqa sisternani kutishga to‘g‘ri kelgan.
Yong‘in muvaffaqiyatli o‘chirilgan, biroq o‘t o‘chiruvchilar harakati vaqtida uchinchi va to‘rtinchi qavatdagi bir necha xonadonga zarar yetgan.
Binoda istiqomat qiluvchi aholi ijtimoiy tarmoqlarda “ayvon (balkon)larning suv va ko‘pikka to‘lgani”ni ma’lum qildi.
Izoh (0)