Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligi Osiyo afsona, ertak va eposlari asosida xalqaro baxshilik tanlovini e’lon qildi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Tanlov “Baxshilik san’ati” Osiyo qo‘mitasi hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston madaniyat vazirliklari hamkorligida tashkil qilinmoqda.
Bu yil to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan tanlov Koreya madaniyat vazirligi tomonidan tanlab olingan Osiyo xalq og‘zaki ijodining 200 ta asarlari asosidagi ertaklarga bag‘ishlangan.
Tanlovga arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi. Unga ishlar koreys, ingliz va rus tillarida topshirilishi mumkin. Final bosqich oktabrda o‘tkaziladi.
Izoh (0)