Lenovo kompaniyasi Vibe Z2 Pro smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gsmarena ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Smartfonda 6 dyuym, 2560×1440 pikselli displey, 2,5 GGs chastotaga ega Qualcomm Snapdragon 801 protsessori, Adreno 330 grafika protsessori, 16 megapikselli orqa kamera, 3 Gb tezkor va kengaytirib bo‘lmaydigan 32 Gb ichki xotira o‘rnatilgan.
Qurilmaning og‘irligi 179 gramm hamda o‘lchamlari 156×81,3×7,7 millimetr, batareyasining quvvati esa 4000 mA·soatni tashkil etadi. An’anaga ko‘ra unda ikkita mikro SIM-karta (GSM + LTE) o‘rnatish mumkin.
Rossiyada Lenovo Vibe Z2 Pro smartfonining sotuvi sentabrda boshlanishi va uning qora, oq hamda tillarang turlari bo‘lishi mumkin. Yangi smartfonning narxi esa taxminan 834 dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)