2014-yil boshida O‘zbekistonda yo‘lovchilarni taksi yordamida eltish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi 1500 dan ziyod kompaniya faoliyat yuritgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Igor Korenevning “Na postu” gazetasiga bergan intervyusiga tayanib, Podrobno.uz xabar bermoqda.
Bugungi kunga kelib, 16 mingdan ortiq taksi yangi talablarga muvofiq qayta jihozlandi. Ular uchun hozirda 260 ga yaqin maxsus to‘xtash joylari xizmat ko‘rsatmoqda.
Korenevning so‘zlariga ko‘ra, taksi xizmatining davlat byudjetiga qo‘shgan hissasi 2011-yilda 7,8 milliard so‘m va 2012-yilda 10,3 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda bu ko‘rsatkich 13 milliard so‘mdan oshgan.
So‘nggi uch yilda mazkur soha tufayli 20 mingdan ziyod yangi ishchi o‘rni yaratildi. Shuningdek, deputat qayd etganidek, birgina 2013-yilda taksi xizmatini tashkil etuvchi kompaniyalar 31,5 milliard so‘m, shu jumladan jalb qilingan 27,6 milliard so‘mlik kreditga 920 dan ortiq avtomobil xarid qildi.
Izoh (0)