Eymi Meyden bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Nik Uilerning buvisinikida kuyovning bolalik suratlari orasidan o‘zining rasmini topib oldi. Bu haqda AdMe.ru xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, surat 1994-yil Eymi katta bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Mausxoll shaharchasidagi sohilda olingan. Bu vaqtda sohildan 300 kilometr uzoqlikda yashagan Nik bu yerga oilasi bilan bir kunga dam olish uchun kelgan.
Sohilda Nikning yonginasida o‘ynab yurgan qizaloq oradan 20 yil o‘tib, unga turmushga chiqmoqda. Agar o‘sha kuni kimdir bu nikoh haqida aytganida, Nik va Eymi uni aqldan ozgan deb hisoblagan bo‘lardi.
Izoh (0)