Ayni damda Kanadada bo‘lib turgan FIFA prezidenti Yozef Blatterning aytishicha, yana 12 yildan so‘ng bo‘ladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati Kanada davlatida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Bugun Kanadada U-20 ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati start oladi.
“Kanada davlati JCh — 2026 musobaqasini o‘zida o‘tkazish yo‘llarini o‘rganib chiqmoqda. Bu ushbu mamlakatda futbol jadal suratlar bilan rivojlanayotganini anglatadi”, — deydi Blatter.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi musobaqani o‘zida o‘tkazish uchun Kolumbiya, Hindiston, Misr, Portugaliya, Filippin, Xitoy va Marokash davlatlari nomzodlik qilmoqda.
Izoh (0)