O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati France-Presse agentligida e’lon qilingan O‘zbekistonda AQShning harbiy bazasi ochilishi borasida muzokaralar olib borilayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi maqolaga javob berdi. Javob TIVning axborot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
2012-yil 10-sentabrda qonun sifatida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati to‘g‘risidagi Konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi “o‘z hududida xorijiy davlatlar harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘ymaydi”, deyiladi TIV javobida.
Izoh (0)