“Afruz” guruhi yigitlari Jamshid va Muzaffar uchun joriy yil hayotlarida ham, ijodlarida ham unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Guruh vakillaridan biri Jamshid kuni kecha otalik baxtiga musharraf bo‘ldi. Bu haqda Popcorn.uz xabar bermoqda.
Jamshidning oilasida 3-avgust kuni shiringina qizaloq dunyoga keldi.
Guruh ijodida esa yangiliklar bisyor. Shu kunlarda ijodkorlar Munisa Rizayeva bilan yangi duet yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu duet shoir, bastakor Eldor Qayumov bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.
Izoh (0)