Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yaponiya 2019-yilgacha o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari tarkibida birinchi kosmik bo‘linmani tuzadi. Bu haqdagi xabarnomani mamlakat mudofaa vazirligi AQSh hukumatiga taqdim etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: AP Photo/ Junji Kurokawa

Foto: AP Photo/ Junji Kurokawa

Yangi bo‘linmaning asosiy vazifasi o‘z ishini tugatib bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlar, raketalar va boshqa kosmik chiqindilarni kuzatish hamda ularning faol uchuvchi qurilmalar bilan to‘qnashib ketishi oldini olishdan iborat bo‘ladi. Olingan ma’lumotlarni o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari amerikalik hamkasblari bilan bo‘lishadi va shu tariqa kosmik sohada AQSh bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Har ikkala mamlakatning koinot sohasida hamkorlikka intilishiga 2007-yilda Xitoy tomonidan sun’iy yo‘ldoshlarni ko‘zlab sinov tariqasida otilgan raketalar sabab bo‘ldi. O‘shanda o‘q tegishi natijasida sun’iy yo‘ldosh uch ming bo‘lakka bo‘lingan, ular hali ham koinotda bo‘lib, aloqa yo‘ldoshlari va josus yo‘ldoshlarga zarar yetkazishi mumkin.

Avgust oyida Yaponiya mudofaa vazirligi kosmik makondan foydalanish konsepsiyasini tasdiqlagach, bo‘linma tuzilishi boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi