1-avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Federatsiyalar kengashidagi Magadan viloyati vakili Vladimir Kulakov Qrimning Alushta shahri yaqinida dengizda suzayotganida halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov-surishtiruv qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib, “Segodnya” xabar berdi.
Tergov-surishtiruv qo‘mitasi xodimlari qirg‘oq bo‘yidan o‘tgan kater senatorga jarohat yetkazgani va u halok bo‘lgani haqida xabar berdi va sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Katerni uning egasi — 33 yoshli kishi boshqargani aniqlangach, u hibsga olindi.
Izoh (0)