31-iyul kuni Yevropa ligasi saralashidan o‘rin olgan “Dyoshdyor” — “Krasnodar” uchrashuvida gol urgan Odil Ahmedov o‘yinga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
“Yangi jamoam o‘yiniga tezda kirishib ketganimdan xursandman. Kechagi bahsda jamoamizning ikkinchi golini urdim va uni bugun (1-avgustda) tug‘ilgan kunini nishonlayotgan akam — Yoqubjon Ahmedovga bag‘ishladim.
O‘yinga kelsak, raqibdan bir bosh ustun ekanligimizni ko‘rsata oldik. ‘Kalev’ga qarshi ikkinchi o‘yinni asosiy tarkibda boshlamaganim sababi, murabbiyimiz biroz dam berishga qaror qilgandi.
Futbolda hamma narsa bo‘lishini inobatga olgan holda keyingi o‘yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, toki guruh bosqichiga chiqmagunimizga qadar”, - deydi Ahmedov.
3-avgust kuni “Krasnodar” Rossiya premyer ligasining birinchi turida “Lokomotiv” mehmoni bo‘ladi. Bu o‘yin haqida Odil Ahmedov qisqacha fikr bildirdi: “Lokomotiv” ancha shakllangan jamoa. Ularga qarshi o‘ynash doim qiyin bo‘lgan. Ammo biz ham yaxshi jamoamiz va chempionatni g‘alaba bilan boshlashni maqsad qilganmiz”.
Izoh (0)